Kontrakt narxlari (1 yil uchun):
●15 000 000 UZS (kunduzgi)
●9 000 000 UZS (sirtqi)
●12 000 000 UZS (kechki)
Dasturning maqsadi:
Dastur davomida talabalar ingliz tilini oʼqitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni oʼrganadilar. Shu bilan birgalikda, tilni samarali oʼzlashtirishga yordam beradigan,til oʼrganuvchilarining savodxonligini oshiradigan usullar bilan darslar olib boriladi.
Talabalar,ingliz tili oʼrganuvchilariga samarali oʼquv muhitini yaratishda ingliz madaniyati nazariyasi va prinsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligi oʼrganadilar. Va kerakli amaliy koʼnikmalarga ega bo`ladilar.Til oʼrganish jarayonida ma`naviy va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan bogʼliq boʼlgan tushunchalar, madaniy oʼziga xosliklar til oʼrganishga muhim taʼsir koʼrsatuvchi omil ekanligini oʼrganadilar.
Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni oʼrgangan holda, oʼquv rejasi tuzish va undan dars jarayonida foydalanish hamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʼqitish standartlariga moslashtirish usullarini oʼrganadilar.Talabalar dastur modellari, til koʼnikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida integratsiyalash strategiyalarini o`rganadilar.Zamonaviy texnologiyalarni til oʼrgatish jarayonida samarali qoʼllash,til oʼrganuvchilarga mos keladigan oʼquv resurslari va materiallarni toʼgʼri tanlay olish va tuzish malakalarini shakllantiradilar