Kontrakt narxlari 1- yil uchun:
– Kunduzgi ta’lim: 15.000.000 so’m (stipendiyasiz)
– Sirtqi ta’lim: 9.000.000 so’m
– Kechki ta’lim: 12.000.000 so’m
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi – fan va iqtisodiyot sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va tamoyillari, jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tamoyillarini o‘rganish va tahlil etish, iqtisodiyotning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy xizmat bo‘linmalarini tashkil etish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etish,infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ularni boshqarish hamda ularning tarkibiga kiruvchi obyektlardagi iqtisodiy jarayonlarga yo‘naltirilgan kompleks masalalarni yechish, iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyalarni tahlil qilish, korxonalarda xizmat ko’rsatish faoliyatini tashkil etish, turli mulkchilik shaklidagi korxonlar faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, korxonalar iqtisodiy faoliyatiga oid dasturlar tuzish hamda ularni amalga oshirish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
Tashkiliy-boshqaruv;
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish;
Axborot-tahliliy faoliyat;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
Iqtisodiy hisob-kitob
Pedagogik
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan iqtisodiyot sohalarini qamrab oluvchi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.