Maktabgacha ta'lim, Namangan

Kontrakt narxlari (1 yil uchun):
●15 000 000 UZS (kunduzgi)
●9 000 000 UZS (sirtqi)
●12 000 000 UZS (kechki)

Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi – professional pedagog tarbiyachilarni tayyorlashga qaratilgan dastur boʼlib, ular bolalarni har tomonlama rivojlantirishga, oilaviy bogʼchalarni tizimli tashkil etishga,davlat va nodavlat bogʼchalarini rivojlantirishga asos boʼladilar.Dastur maktabgacha taʼlim nazariyasi va tarixi,maktabgacha taʼlim amaliyotida boʼlajak tarbiyachilar, oʼqitishning nazariy va amaliy hamda interfaol usullarini o`rganadilar.
Ushbu yoʼnalish maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olgan yaxlit taʼlim jarayoni boʼlib,3 yoshdan 6 yoshgacha rivojlanishda boʼlgan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan dasturdir. Boʼlajak tarbiyachilar, maktabgacha yoshdagi bolalarga oʼrgatilishi zarur boʼlgan inklyuziv, kognitiv, lingvistik va ijtimoiy hamda iqtidorli rivojlantirishga moyil boʼlgan bolalarning turli guruhlarini oʼqitishga moslashtiriladi. Аnʼanaviy va innovatsion tadqiqot usullaridan foydalangan holda oliy taʼlimning maktabgacha taʼlim nazariyasi va amaliyoti oʼrgatiladi.
Kursda olingan nazariy bilimlar,amaliyotda qoʼllashga qaratilgan. Kursning mohiyati taʼlim tizimida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy oʼzgarishlarga,toʼgʼri yoʼnalishda rivojlanishiga yordam beradigan yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlashni koʼzda tutadi.

Ariza to'ldirish