Amaliy Buxgalterya va Moliya
Kontrakt narxlari 1 yil uchun:
– Kunduzgi ta’lim: 15.000.000 so’m (stipendiyasiz)
– Sirtqi ta’lim: 9.000.000 so’m
– Kechki ta’lim: 12.000.000
IFRS (International Financial Reporting System) kursi moliyaviy menejment, audit yoki soliq sohasida mutaxassis bo'lish istagidan bo'lgan barcha uchun mo'ljallangan. IFRS ga a'zo bo'lganlar moliyaviy hisobot, boshqaruv hisoboti, soliqqa tortish, axborot texnologiyalari, strategik rejalashtirish va umumiy menejment sohalarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
IFRS kvalifikatsiyasi turli biznes sektorlarida muvaffaqiyatli mavqega ega bo'lishga – davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada yoki – moliya, buxgalteriya hisobi, audit, korporativ va soliq huquqi sohasida shaxsiy biznesni tashkil qilishda yordam beradi. IFRS dasturi hisobotlar, etika, boshqaruv masalalari, shuningdek moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga alohida e'tibor qaratadi.
IFRS kvalifikatsiyasi Xalqaro Buxgalteriya Federatsiyasining (IFAC, Shveytsariya) buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro standartlariga muvofiq keladi.
IFRS kvalifikatsiyasiga ega bo'lish moliya mutaxassislariga istalgan sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi: davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada ishlashi yoki shaxsiy biznes bilan shug`ullanishi mumkun.
IFRS dasturining o'ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ta'lim mazmuni va tarkibining har yili xalqaro buxgalterlik amaliyoti tamoyillari va biznes, hisobotlar va dunyo iqtisodiyoti sohalarida qadriyatlarning dolzarb o'zgarishlariga muvofiq holda yangilanishi hisoblanadi.